1 SHARTNOMA PREDMETI

1.1 Amaldagi qoidalar “Lider eco” mobil ilovasi (keying o’rinlarda ilova), shuningdek, uning maxsus loyihalari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida saytida eʼlon qilingan matnli, grafik, video, audio va boshqa koʻrinishdagi materiallardan foydalanish shartlari va tartibi (keyingi oʻrinlarda — shartlari)ni belgilab beradi. “Lider eco” mobil ilovasi “Lider eco” MChJ (keying o`rinlarda korxona)ning xususiy mulki hisoblanadi. Mobil ilovadan foydalanish shartlarga, shuningdek, ularga kiritiladigan oʻzgartish va toʻldirishlarga roziligingizni bildiradi.

2 INTELLEKTUAL (AQLIY) MULK

2.1 Ilova, uning tarkibi, tuzilmasi va dizayni korxonaning mualliflik huquqi bilan to‘liq himoya qilinadi. Shuningdek, korxonaning mutlaq huquqi korxona tomonidan yaratilgan va ro‘yxatga olingan har qanday Intellektual mulk, shuningdek, uning tovar belgilari uchun ham taalluqlidir. 2.2 Korxonaning mualliflik huquqi va boshqa intellektual mulki huquqlari mazkur Ilova uchun hamda uning to‘liq (mahsulotlar va xizmatlarni ham qo‘shgan holda) kontenti uchun ham taalluqli hisoblanadi. 2.3 Ushbu ilovadagi har qanday axborot/kontentlardan, korxona tomonidan yaratilgan logotip, znachok, grafik, surat, patent, xizmat/tovar belgisi, dizayn, vizual mediadan va boshqa intellektual mulkdan (ro‘yxatga olingan yoki ro‘yxatdan o‘tkazilmagan) ruxsatsiz foydalanish, qayta ishlash yoki chop etish (ijtimoiy tarmoqlarni ham qo‘shgan holda) korxonaning oldindan yozma roziligisiz man etiladi. Mobil ilova va ijtimoiy tarmoqlariga joylashtirilgan istalgan material mualliflik huquqi obyektidir. Saytning koʻrsatib oʻtilgan materiallarga boʻlgan huquqlari intellektual faoliyat natijasiga doir huquqlar toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan himoya qilinadi.

3 ILOVADAN FOYDALANISH

3.1 Korxona mobil ilovaga O’zbekiston Respublikasi xududidagi ayrim turdagi pullik va tekin xizmatlar va maxhsulotlarni ilovada kursatilgan tillarda nashr qilib boradi. 3.2 Foydalanuvchi mobil ilovadan foydalanish uchun korxona tomonidan belgilangan oylik abonent to`lovini to`lagan xolda foydalanadi.

4 TOMONLARNING MAJBURIYATLARI

4.1 Korxona O’zbekiston Respublikasi xududidagi ochiq malumotlarga ega bulgan ayrim turdagi pullik va tekin xizmatlar va mahsulotlarni ilovada nashr qiladi. Korxona xodimlari soni va imkoniyati darajasida pullik va tekin xizmatlar va mahsulotlarni ilovada nashr qilib boradi. 4.2 Foydalanuvchi ilovada ko`rsatilgan malumotlarning barchasi ochiq malumotlarga ega bulgan pullik va tekin xizmatlar va mahsulotlar ekanligini anglagan xolda ilovada kursatilgan malumotlar har doim ham aniq malumot bo`lmasligini va ilovada ko`rsatilgan malumotlarga tayanib hal qiluvchi xarakterga ega bo`lgan qaror qabul qilmaydi. Ilovada ko`rsatilgan malumotlarni iloji imkoni boricha boshqa rasmiy malumotlarga tayangan xolda tekshirib ko`radi.